Printer va internetga kirish nuqtasi (simsiz LAN router) bir-biriga muvaffaqiyatli ulangan, biroq printer kirish nuqtasi (simsiz LAN router) orqali kompyuterga ulana olmayapti. Quyidagi yechimlarni tartibi bilan sinab ko‘ring.

Kirish nuqtasidagi (simsiz LAN router) maxfiylikni ajratish funksiyasini tekshirib ko‘ring
Bu mobil simsiz LAN routerlarda ko‘p uchraydigan muammo hisoblanadi. Internetga kirish nuqtasida (simsiz LAN routerda) qurilmalar o‘rtasidagi aloqani kesuvchi maxfiylikni ajratish funksiyasi yoniq. Bu qurilmalar o‘rtasidagi aloqani router orqali uzish uchun mo‘ljallangan xavfsizlik funksiyasidir. Agar yoniq bo‘lsa, printer va kompyuter o‘rtasidagi aloqa uzilgani tufayli ular bir-biriga ulana olmaydi. Internetga kirish nuqtasidagi maxfiylikni ajraish funksiyasini o‘chirib qo‘yib, keyin tarmoqni qaytadan sozlang. Sozlash usuliga oid ko‘rsatma olish uchun internetga kirish nuqtasi qo‘llanmasiga qarang. Ishlab chiqaruvchisiga qarab, maxfiylikni ajratish funksiyasi har xil nomlangan bo‘lishi mumkin.

Printer va kompyuter uchun SSID nomlarini tekshiring
Ayrim internetga ulanish nuqtalarida bir nechta SSID bo‘lishi mumkin. Ayrimlari SSID nomlarini mos simsiz standartga (IEEE802.11a va IEEE802.11g) ajrata oladi. Bir xil kirish nuqtasi (simsiz LAN router) bo‘lsa ham, printer va kompyuter har xil SSID nomlaridan foydalanishi, natijada esa bir-biri bilan aloqa qila olmasligi mumkin. Kompyuterning SSID nomini printerniki bilan moslashtiring. Kompyuterning SSID nomini Wi-Fi ulanishi menyusidan topishingiz mumkin. Printerning SSID nomi chop qilingan tarmoqqa ulanish diagnostikasi hisobotida bo‘ladi. SSID nomlar bir-biriga mos bo‘lgach, tarmoqni qaytadan sozlang.